Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston Eron nefti importini butunlay to‘xtatdi

Hindiston Eron nefti importini butunlay to‘xtatdi

Foto: «Oilcapital.ru»

Hindiston Eronga qo‘llangan sanksiyalarga istisno so‘rab AQShdan rad javobini olganidan so‘ng may oyidan Fors mamlakatidan neft import qilishni butunlay to‘xtatdi. Bu haqda «EurAsia Daily» Hindistonning AQShdagi elchisi Xarsh Vardxan Shringlaga asoslanib xabar tarqatdi.

Elchining aytishicha, import aprel oyidayoq 1 million tonnagacha kamaytirilgan edi.

«Shu bilan bas — Erondan boshqa neft sotib olmadik», — ta’kidladi elchi.

Diplomat ushbu qaror Hindistonga juda qimmatga tushgani, boshqa neft ta’minotchilari bilan muzokaralar o‘tkazishga to‘g‘ri kelganini qo‘shimcha qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring