Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonlik samolyot hojatxonasida qoldirilgan xat uchun bir umrga qamaldi

Hindistonlik samolyot hojatxonasida qoldirilgan xat uchun bir umrga qamaldi

Foto: Rafiq Maqbool / AP

Hindiston sudi samolyotda bomba borligi haqida hazil qilgan odamni bir umr qamoq jazosiga hukm qildi. Ushbu hazil tufayli samolyot favqulodda holatda qo‘ndirilgan.

Hodisa 2017 yilda Jet Airways reysida ro‘y bergan. Layner Mumbaydan Nyu-Dehli tomon uchib ketayotgan edi. Olmos savdosi bilan shug‘ullanuvchi Birju Kishor Salla hazillashishga qaror qildi va biznes-klass hojatxonasidagi salfetka qutichasida xat qoldirdi. Unda yozilishicha, samolyotda 12 jinoyatchi va bomba bo‘lgan.

Styuardessalardan biri xatni topib olgan va darhol kema kapitani Jey Yarivalga xabar qilgan. Shundan so‘ng uchuvchilar samolyotni shoshilinch tarzda Ahmadobod shahrida qo‘ndirishadi.

O‘shanda Salla hech kimga sezdirmay samolyotdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo surishtiruv ishlari natijasida 2018 yilda qamoqqa olingan. Sud hukmi bilan u bir umrga qamaldi va 1 million dollar jarima to‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring