Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston muxolifati yetakchisi Babanov mamlakatga qaytdi

Qirg‘iziston muxolifati yetakchisi Babanov mamlakatga qaytdi

Qirg‘iziston muxolif partiyasi rahbari Omurbek Babanov mamlakatga qaytib keldi. Bu haqda «Sputnik Kirgizistan» xabar berdi.

«Manas» aeroportiga qo‘ngan Babanov samolyoti oldida yuzlab odamlar to‘plangan. Babanov aeroportdagi odamlar tomonidan xursandchilik ostida kutib olindi, deyiladi xabarda.

Omurbek Babanov 2017-yilgi prezidentlik saylovlarida amaldagi rahbar Sooranbay Jeenbekovga asosiy raqib bo‘lgan va ikkinchi o‘rinni egallagandi. Jeenbekov 920,720 ovoz (54,75 foiz), Babanov esa 568,665ta ovoz (33,72 foiz) olgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring