Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston shifokorlari hujjatdagi xatolik tufayli chaqaloqni tiriklayin muzlatib qo‘yishdi

Qozog‘iston shifokorlari hujjatdagi xatolik tufayli chaqaloqni tiriklayin muzlatib qo‘yishdi

Illyustrativ foto

Qozog‘istonning Atirau shahridagi shifokorlar yangi tug‘ilgan chaqaloqni o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Qozog‘iston korrupsiyaga qarshi harakat bo‘yicha agentlik raisi o‘rinbosari Shingis Kabdula ma’lum qilgan, deb xabar bergan «RIA Novosti».

Tergov versiyasiga ko‘ra, tibbiyot muassasasi xodimlari mas’uliyatsizlik qilib, tug‘uruqdan so‘ng go‘dak hayot nishonalarini berishiga qaramay, uni o‘lik tug‘ilgan deb qayd etib qo‘yishgan. Shifokorlar reanimatsiya choralarini ko‘rish o‘rniga hujjat rasmiylashtirishga tushishgan. Pirovard natijada chaqaloq o‘lish uchun sovitkich kamerasida qoldirilgan.

Kabdulaning ta’kidlashicha, jinoyat sabablaridan biri hujjatlar bazasiga kiritilgan bo‘lib, uni tuzatishning imkoni yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring