Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda yirik tabiiy gaz koni topildi

Xitoyda yirik tabiiy gaz koni topildi

Foto: «Arzuw NEWS»

Xitoyning shimoli-g‘arbida, Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida joylashgan Tarim havzasida tabiiy gazning yirik koni topildi.

Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi (CNPC) mutaxassislari aniqlagan bu kon sutkasiga 418,2 ming kub metr gaz hamda 115,15 kub metr kondensat berishi aytilmoqda. Konga «Botszi-9» deb nom berishdi.

Xitoydagi tabiiy yonilg‘i zaxiralarining 80 foizi joylashgan Tarim havzasida konlarni topish ishlari 2019-yilda yanada jadallashtirilgandi.

Ayni paytga kelib bu yerda yiliga 2 million tonna yonilg‘i, xususan, 10 mlrd. kub metr tabiiy gaz beruvchi o‘ta chuqurlikda joylashgan 14 ta kon aniqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring