1-avgust kuni Toshkentning bir qator ko‘chalari yopiladi

1-avgust kuni Toshkentda OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkazilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalar 6:00 dan 16:00 ga qadar yopiladi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB.
Yopiladigan ko‘chalar:
- Ko‘rgazma ko‘chasi Kichik halqa yo‘lidan Kor Xoji ota ko‘chasigacha;
- Iftixor ko‘chasi Amir Temur ko‘chasidan Usta Shirin ko‘chasigacha;
- Usta Shirin ko‘chasi Iftixor ko‘chasidan Ko‘rgazma ko‘chasigacha;
- Akmal Po‘lat ko‘chasi Iftixor ko‘chasidan Ko‘rgazma ko‘chasigacha.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter