Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2022-yil juda ko‘p mashina sotgan Teslaga omad keltirmadi

2022-yil juda ko‘p mashina sotgan Teslaga omad keltirmadi

Foto: Republic World

Ilon Mask qo‘l ostidagi Tesla kompaniyasi 2022-yilda xaridorlarga rekord miqdorda ko‘p — 1 313 851 dona elektromobil yetkazib berdi. Ya’ni 2021 yilgidan 40 foiz ko‘p mashina sotdi.

2022-yilda 1 247 146 dona Model 3 (sedan) va Model Y (krossover) sotildi (2021-yilgidan 37 foiz ko‘p). Model S va Model X esa jami 66 705 dona — 2021-yilgidan 2,7 baravar ko‘p sotildi.

Biroq 2022-yil Tesla uchun yo‘qotishlar yili bo‘ldi — yil boshida jami $1,2 trillionga baholangan aksiyalari yil oxiriga kelib uch baravar qadrsizlandi.

Asosan Tesla aksiyalariga egalik qiluvchi Ilon Maskning «cho‘ntagi anchayin yengillashdi». Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, Mask 2022-yilda 200 mlrd dollar ziyon ko‘rdi. Twitter ijtimoiy tarmog‘i xaridi ham uni anchaga ($44 mlrd) tushirdi.

Alaloqibat Mask jahonning eng boy odami maqomini Louis Vuitton Moët Hennessy (LVMH) kompaniyalari guruhi prezidenti Bernar Arno va uning oilasiga qo‘shqo‘llab topshirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring