3 mln dollarlik supermashina egasiga yetib bormadi (foto)
2002-yilda ishlab chiqarilgan Ferrari Enzo superkari Buyuk Britaniyada YTHga uchradi. Uni egasiga topshirish uchun haydab ketishayotgandi...
Kompaniya asoschisi sharafiga atigi 399 dona ishlab chiqarilgan Ferrari Enzo narxi — 3 mln dollar atrofida. Talab esa tinmay oshmoqda. Superkarni yaratishda taniqli poygachi Mixael Shumaxer qatnashgan.
YTH La-Manshdagi Jersi orolida yuz berdi. Supermashinani boshqarib ketayotgan avtosalon xodimi aftidan mashinaning «nimalarga qodirligini» sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan, biroq nam yo‘l pand berib boshqaruvni yo‘qotgan: qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib Honda Jazz bilan to‘qnashgan. Superkarga jiddiy shikast yetdi, ta’miri uchun qancha pul ketishini faqat taxmin qilish mumkin, xolos.
Ferrari Enzo mashinasiga 6,0 litrli 660 kuchli V12 dvigateli va 6 bosqichli robotlashgan uzatmalarni almashtirish qutisi o‘rnatilgan. 100 km/soat tezlik olishi uchun 3,4 soniya kifoya. Maksimal tezligi — 350 km/soat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter