O‘qituvchi, shifokor va hamshiralar uchun 4 yillik avtokredit joriy etiladi
O‘qituvchi va murabbiylar, shifokor va hamshiralar uchun 4 yillik avtokredit joriy etiladi. Bu haqida «Ipoteka-bank» matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o‘qituvchi va murabbiylar, shifokor va hamshiralarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida taqdim etilayotgan «Fidokor» avtokrediti bo‘yicha o‘zgarishlar kiritilmoqda.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim va Sog‘liqni saqlash vazirliklari tizimidagi muassasalar xodimlari uchun 15 martdan boshlab «Fidokor» avtokrediti: muddati 48 oygacha, yillik ustama haqi 22 foiz, boshlang‘ich badali 30 foiz sharti bilan taqdim etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter