Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ahmadboyning qimmat avtomobillari va uylari sotuvga qo‘yildi

Ahmadboyning qimmat avtomobillari va uylari sotuvga qo‘yildi

«E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida xalq orasida «Ahmadboy» nomini olgan Ahmadboy Tursunovga tegishli bo‘lgan 10ta mol-mulk onlayn auksionga qo‘yildi. Mulklarning 3tasi ko‘chmas mulk, 7tasi esa avtotransport vositalaridir.

Jumladan, sotuvga qo‘yilgan avtomobillar ichida boshlang‘ich narxi 962 604 000 so‘m etib belgilangan CADILLAC ESCALADE, boshlang‘ich bahosi 473 048 000 so‘mlik LAND CRUISER (PRADO), shuningdek, CAPTIVA, ORLANDO, uchta LACETTI va uchta namunali uy sotuvga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, firibgarlik, noqonuniy moliyaviy piramida tashkil etish va boshqa jinoyatlarda aybdor deb topilib,  javobgarlikka tortilgan chinozlik  Ahmadjon  Tursunboyevdan («Ahmadboy») jabr ko‘rgan fuqarolar soni va ularga yetkazilgan zarar miqdoriga aniqlik kiritilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring