Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi gaz-zapravkalarda yana uzun navbatlar yuzaga kelishi mumkin

Andijondagi gaz-zapravkalarda yana uzun navbatlar yuzaga kelishi mumkin

Foto: «Xabar.uz»

Qish mavsumida tabiiy gazni yetkazib berishda texnologik rejim jarayonlaridagi gaz bilan bog‘liq ishlar bajarilishi munosabati bilan viloyatga keluvchi tabiiy gaz bosimida pasayish kuzatilmoqda. Bu haqda «Hududgaz Andijon» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yetkazib berilgan tabiiy gaz taqsimotiga ko‘ra, tabiiy gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha ob’yektlarini uzluksiz ravishda ta’minlashga qaratilgan. 

«Yuqoridagilardan kelib chiqib, viloyatdagi mavjud avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalariga tabiiy gazni yetkazib berish joriy yilning 27-oktyabridan har kuni ertalab soat 06:00dan kech soat 16:00ga qadar belgilandi. 

Viloyatimizdagi barcha haydovchilardan o‘z avtoulovlariga gaz to‘ldirishda har kunlik belgilangan 06:00 – 16:00 vaqt oralig‘ida gaz to‘ldirish ishlarini texnika xavfsizligi qoidalari asosida amalga oshirishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, viloyatdagi mavjud 81 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari avtomobillarga mazkur vaqt oralig‘ida yoqilg‘i yetkazib berish quvvatiga ega ekanligi eslatib o‘tilgan.

Qayd etish lozimki, kish kelishi bilan tabiiy gaz bosimining pasayishi va boshqa omillar sabab mamlakat bo‘ylab, ayniqsa vodiy viloyatlarida avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida turnaqator navbatlar hosil bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring