Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtobuslar yo‘lagidan yurganlarni kameralar «ushlay» boshladi

Avtobuslar yo‘lagidan yurganlarni kameralar «ushlay» boshladi

Foto: Xabar.uz

Poytaxtda yo‘nalishli transport vositalarining harakati uchun mo‘ljallangan («A» harfi chizilgan) tasmalarga sababsiz o‘tib to‘xtagan, harakatlangan, avtobuslarning harakatiga xalaqit bergan, qoldirib ketilgan transport vositalarini maxsus kameralar qayd etishni boshladi. Bu haqda IIV JXD YHXX Matbuot xizmati xabar berdi.

Yo‘l harakati qoidalarining 128-moddasiga ko‘ra, haydovchilar faqat ikkita holatda avtobuslar uchun maxsus ajratilgan yo‘lakka kirishi mumkin. Ya’ni, haydovchilar o‘ng tomonga burilmoqchi bo‘lganda hamda yo‘lovchilarni tushirmoqchi yoki chiqarmoqchi bo‘lganda mazkur yo‘llakka kirishga ruxsat beriladi.

Endilikda mazkur qoidani buzgan avtomobillarni yo‘laklarning tepa qismlariga o‘rnatilgan kameralar qayd etishni boshladi.

Qoidani buzganlarga nisbatan belgilangan tartibda jarima qo‘llanilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, maxsus «A» yo‘lakda harakatlanish BHMning 0,5 baravari (170 ming so‘m), yo‘lakda besabab to‘xtab turish esa BHMning 2 baravari (680 ming so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring