Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomaktablarni litsenziyalash pasporti tasdiqlandi

Avtomaktablarni litsenziyalash pasporti tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 17.08.2023 yildagi «Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalashga oid qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 396-son qarori qabul qilindi.

Kiritilayotgan o‘zgartirishlar bilan avtomaktablarning faoliyatini litsenziyalash pasporti tasdiqlanmoqda, unga ko‘ra:

  • litsenziya yuridik shaxsga beriladi;
  • litsenziyalovchi organ – IIV;
  • arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im miqdori – BHMning 2 baravari, litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori – BHMning 10 baravari;
  • arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
  • yong‘in va sanitariya-epidemiologiya xizmati organlarining xulosasi;
  • pedagogik kadrlar haqida ma’lumot;
  • o‘quv reja va dasturlarining elektron nusxalari.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.11.2023 yilda kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring