Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomobilda sayohat qilish uchun eng yaxshi mamlakatlar (top-10)

Avtomobilda sayohat qilish uchun eng yaxshi mamlakatlar (top-10)

Illyustrativ foto

Haydovchilarni o‘qituvchi Zutobi onlayn-platformasi qaysi mamlakatlar avtomobilda sayohat qilish uchun eng qulayligini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazdi.

Reytingni hisoblashda yo‘lda harakatlanish xavfsizligi, sifati, avtotransportni ijaraga olish va yonilg‘i narxlari kabi ko‘rsatkichlarga asoslanildi. Diqqatga sazovor joylar, milliy taomlar, yo‘l bo‘yidagi xushmanzara joylar hisobga olindi.

Yakuniy natijalar avtomobilda sayohat qilish uchun eng yaxshi mamlakat AQSh (7,17 ball) ekanini ko‘rsatdi.

Keyingi o‘rinlarda — Italiya (6,38) va Ispaniya (6,34).

Yetakchi o‘nlikda — Portugaliya, Sloveniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Fransiya, Turkiya va Daniya.

Jami 47 mamlakat o‘rganilgan, eng so‘nggi o‘rinda — Isroil.

TOP-10

Manba: Zutobi
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring