Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar haqida animatsion film tayyorlanmoqda

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar haqida animatsion film tayyorlanmoqda

Foto: «O‘zbekkino» MA

«O‘zbekkino» milliy agentligi Badiiy kengashi tomonidan muallif Ismoil Shomurodovning «Matiz»ning sarguzashtlari» nomli ko‘p qismli multfilm ssenariysi ma’qullandi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu animatsion filmning qahramonlari — yurtimizda ishlab chiqariladigan avtomobillardan tashkil topgan bo‘lib, unda bosh qahramon — kichkintoy «Matiz» bilan bog‘liq turli qiziqarli sarguzashtlar hikoya qilinadi. Filmni yaratishda Abdulatif Haydarov boshchiligidagi animatorlar guruhi hamda rassom Zilola Hamidova ijod qilmoqda.

Multfilm jarayonidan lavha
Foto: «O‘zbekkino» MA

Hozirda multfilmning dastlabki 6 ta qismi bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Ushbu yangi multfilmni yil so‘ngiga qadar bolajonlar e’tiboriga taqdim etish rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas