Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtosalonlarda «shartnoma berilar ekan» degan xabarlar chiqsa rasmlardagi holatlar yuzaga kelardi — Aziz Muhitdinov

Avtosalonlarda «shartnoma berilar ekan» degan xabarlar chiqsa rasmlardagi holatlar yuzaga kelardi — Aziz Muhitdinov

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori Aziz Muhitdinov raqamlashtirishning afzalligiga jonli misol keltirdi. 

«Avvallari avtosalonlarda «shartnoma berilar ekan» degan xabarlar chiqsa rasmlardagi holatlar yuzaga kelardi. O‘tgan yilning dekabr oyida #UzAuto tizimi bilan OneID tizimini integratsiya qilganimizda, 100 ming avtomobil uchun shartnomalar chiqarilgan edi.

Kutilayotgan yuklama katta bo‘lishiga tayyor edik biroq kutganimizdan ham bir necha barobar ko‘p bo‘ldi. Natijada OneID tizimi faoliyatiga qattiq ta’sir qilgandi. Shu sabab 100 mingta shartnomani onlayn rasmiylashtirishga 3 kun vaqt ketgandi. Shundan so‘ng identifikatsiya tizimi qoidalariga jiddiy o‘zgartirishlar kiritildi.

Bugun 30 daqiqa ichida 24 ming shartnoma onlayn rasmiylashtirilibdi», — deb yozdi markaz direktori.

Eslatib o‘tamiz, UzAutoMotors kompaniyasi bugun soat 10:00 da Damas avtomobili uchun onlayn-kontraktatsiya ochdi va yarim soatda 24 000 ta shartnoma tuzganini e’lon qildi. Tuzilgan shartnomalarning 98.8 foizi One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan va bittadan ko‘p bo‘lmagan avtomobil uchun shartnoma tuzgan jismoniy shaxslarga to‘g‘ri keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring