Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Avtotest» yana yuridik tashkilotlar haydovchilarni o‘qitishi mumkin

«Avtotest» yana yuridik tashkilotlar haydovchilarni o‘qitishi mumkin

Foto:«Gazeta.uz»

Yuridik shaxslarning haydovchilarini o‘qitishdan ko‘ngilli voz kechgan «Avtotest» baribir bu haydovchilarni o‘qitishi mumkin. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «Avtotest Report» MChJga 2 avgustda bozorda ustun mavqega ega sub’yektlar imkoniyati bo‘la turib, xizmat ko‘rsatishga shartnomalar tuzishdan asossiz voz kechishi joiz emasligi haqida taqdimnoma kiritdi.

Qo‘mita Vazirlar Mahkamasining yuridik shaxslarning haydovchilari ikki yilda bir marta malaka oshirishi haqidagi qarori hali ham kuchda ekanligini eslatdi va yuridik shaxslarning haydovchilarini o‘qitishdan ko‘ngilli voz kechish haqidagi «Avtotest» qarori «jamoatchilikning halovatini buzganini» ta’kidladi.

Hozir O‘zbekistonda 500 dan ortiq tashkilot haydovchilarni o‘qitish huquqiga ega. Lekin faqatgina «Avtotest Report» MChJda yuridik shaxslarning haydovchilarini (qayta)o‘qitishga litsenziya bor.

Qo‘mita bergan bayonotda aytilishicha, «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 10-bobida kompaniya tomonidan tegishli xizmatni(tovarni) ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish imkoniyati bo‘la turib, shartnoma tuzishdan asossiz bosh tortish bozordagi ustun mavqeni suiiste’mol qilish hisoblanadi.

«Yagona litsenziatning yuridik shaxslarning haydovchilarini o‘qitishdan voz kechish haqidagi qarori bir qator muammolarni tug‘diradi», – deydi qo‘mita:

haydovchisi malakasini oshirganligi haqidagi sertifikatni hali olmagan yuridik shaxslarning avtotransportining erkin harakatlanishi cheklanishi mumkin;

sertifikatsiz harakatlanish qonun buzilishiga olib kelishi mumkin;

haydovchisi malakasini oshirgani haqidagi sertifikatni hali olmagan yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy ahvolini og‘irlashtirishi mumkin.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «bu sohada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, Avtotest Report MChJning ushbu qarorining ehtimoliy salbiy oqibatlarining oldini olish» maqsadida Vazirlar Mahkamasiga istalgan davlat hamda nodavlat ta’lim muassasalariga ham istisno tariqasida yuridik shaxslarning haydovchilari malakasini oshirishga litsenziya berishni taklif qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring