Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim «zapravka»larga cheklovlar qo‘yilgani haqidagi xabarlarga munosabat berildi

Ayrim «zapravka»larga cheklovlar qo‘yilgani haqidagi xabarlarga munosabat berildi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim gaz zapravkalariga yana cheklovlar o‘rnatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi mazkur xabarlarni rad etdi

Qayd etilishicha, hozirda quvurlarda gaz bosimi bir maromda bo‘lib, respublika, xususan, vodiy viloyatlarida gaz shoxobchalarining faoliyatini cheklashga hech qanday asos mavjud emas. Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarining talabiga nisbatan 10-15 foizga ko‘p tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.

Shuningdek, ayrim gaz shoxobchalari faoliyatida noqonuniy holatlar, davlat va iste’molchilar manfaatlariga zarar yetkazilayotgani aniqlangani, hozirda tekshirish ishlari olib borilayotgani sababli ular faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Avvalroq Andijon viloyati hokimligi hududda shoxobchalarning faoliyatini cheklash bo‘yicha hech qanday jarayon olib borilmayotganini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring