Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bentley» o‘zining ilk gibrid avtomobilini tayyorlamoqda

«Bentley» o‘zining ilk gibrid avtomobilini tayyorlamoqda

«Bentayga Hybrid».

Foto: «NV.ua»

«Bentley» kompaniyasi mart oyida Jenevada bo‘lib o‘tadigan avtosalonda o‘zining gibrid dvigatelga ega hashamdor yo‘ltanlamasini taqdim etadi. «Bentayga Hybrid» nomini olgan avtomobilga V6 hamda elektrodvigatel o‘rnatilgan, deb xabar berdi «NV.ua».

«Bentayga Hybrid» o‘ziga dvigatel tanlashda «Porsche Panamera»ga havas qilgan. «Porsche Panamera»dagi motorlarning quvvati 462 ot kuchiga ega.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘ltanlamas 50 kilometrgacha masofani elektr energiyasida bosib o‘tishi mumkin, shuningdek, maxsus moslamalar yordamida 2,5 soat ichida yoki oddiy uy rozetkasi yordamida esa 7,5 soatda quvvatlanadi. Ta’kidlanishicha, quvvat stansiyasi dizayner Filipp Stark tomonidan yaratilgan.

Bundan tashqari «Bentley» GPS-joylashishni aniqlash funksiyasi o‘rnatilgan bo‘lib, gibrid rejimida elektrodvigateldan foydalanish qaysi vaqtda samarali ekanligini hisoblab beradi. Shu bilan birga dasturda eng yaqin quvvat stansiyasi qayerda joylashganini qidirish tizimi paydo bo‘ladi.

Shuningdek, avtomobilning kruiz-nazorat funksiyasi avtomatik tormozlanish, ko‘zga tashlanmaydigan zonalar monitoring va yo‘l belgilarini tanish tizimlari mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring