Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Beruniy tumanida avto o‘rgatuvchi usta ushlandi

Beruniy tumanida avto o‘rgatuvchi usta ushlandi

Beruniy tumanida haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan avto o‘rgatuvchi usta qo‘lga tushdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Beruniy tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «B.A.» MChJ o‘rgatuvchi ustasi N.N. fuqaro Z.N.ga va uning 3 nafar tanishlariga avto o‘quv jarayonlariga umuman qatnashtirmasdan, imtihonlardan tanishlari orqali o‘tkazib, haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 800 AQSh dollari va 16 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring