Boshlang‘ich to‘lovi 10 foizlik avtokredit. «GM Uzbekistan» aksiya e’lon qildi
«GM Uzbekistan» AJ dilerlik korxonalari bilan hamkorlikda O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan maxsus aksiya e’lon qildi. Aksiya 2018-yilning 26-sentyabridan 10-noyabriga qadar davom etadi.
Ushbu aksiyaga ko‘ra, «Spark R2 Optimum A/T» avtomobilini xarid qilib, faol dilerlik markazlari hamkorligida tashkil etilgan 1 000 000 so‘m chegirma ko‘rinishidagi sovg‘aga ega bo‘lish mumkin.
Butun respublika bo‘ylab joriy qilingan aksiya bo‘yicha «Spark R2 Optimum A/T» avtomobiliga «GM Uzbekistan» kompaniyasining rasmiy hamkori «InfinBank» tomonidan imtiyozli kredit taqdim etiladi.
«Spark R2 Optimum A/T» avtomobili uchun imtiyozli avtokreditni quyidagi kredit shartlarida rasmiylashtirish mumkin:
- 10 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilganda 5 yilgacha muddatga yillik 22 foiz ustama;
- 30 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilganda 3 yilgacha muddatga yillik 20 foiz ustama;
- 50 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilganda 2 yilgacha muddatga yillik 19 foiz ustama;
- 60 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilganda 15 oygacha muddatga yillik 18 foiz ustama.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter