Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun oxirgi kun! Ertadan jarimaga tushmay desangiz... (video)

Bugun oxirgi kun! Ertadan jarimaga tushmay desangiz... (video)

Foto: «Xabar.uz»

Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati tugab bormoqda.

Ertaga, 1-apreldan boshlab 2010-yilgacha berilgan haydovchilik guvohnomalari haqiqiy hisoblanmaydi va ular bilan avtomobil boshqarib bo‘lmaydi. Eski guvohnoma bilan qo‘lga tushsangiz — jarimaga tortilasiz.

Haydovchilik guvohnomalarini majburiy almashtirish muddati quyidagicha:

2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;

2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;

2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentyabrgacha;

2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.

Haydovchilik guvohnomasini uydan chiqmagan holda yangilab olish mumkin va bunda jarimaga tushmaysiz.

Shoshilib hech qayerga ovora bo‘lib borib yurmasangiz ham bo‘ladi, uzoq navbatlarda turmaysiz ham, shunchaki my.gov.uz orqali «prava»ni almashtirib olasiz. 

Quyidagi videoqo‘llanmada hammasi oson va sodda qilib tushuntirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring