Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroga 100 ta yangi avtobus va mikroavtobuslar olib kelinadi

Buxoroga 100 ta yangi avtobus va mikroavtobuslar olib kelinadi

Buxoro viloyatida 265 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida 2188 ta transport vositalari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, joriy yilda viloyatga 100 ta yangi avtobus va mikroavtobus olib kelinishi rejalashtirilgan. Ayni damda transport vositalarining dastlabki 30 donasini olib kelish bo‘yicha tegishli shartnomalar tuzilgan.

Xususan, Shofirkon tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi «Oq yo‘l plus» MChJ tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan King Long rusumli mikroavtobuslardan 6 tasi olib kelindi, yana 9 tasining keltirilishi rejalashtirilgan. Yangi mikroavtobuslar Shofirkon – Buxoro yo‘nalishidagi qatnovlarga biriktirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring