Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BYD O‘zbekistonda shahar elektromobillari uchun yangi tanlov bo‘lmish e2 Luxe elektromobilini taqdim yetdi

BYD O‘zbekistonda shahar elektromobillari uchun yangi tanlov bo‘lmish e2 Luxe elektromobilini taqdim yetdi

BYD kompaniyasi 9 avgust kuni Toshkent shahridagi akademik F.N.Rusanov nomidagi botanika bog‘ida e2 Luxe - 405 KM modelining yangi liniyasini rasmiy ravishda taqdim yetdi. Ushbu taqdimot BYD’ga tegishli innovatsion yashil texnologiyalar va tabiiy muhit o‘rtasidagi uyg‘unlikni namoyish etib, kompaniyaning ekologik rivojlanish falsafasiga mos keldi.

Ye2 modelining ishga tushirilishi BYD’ning istiqbolli tashabbusi - shahar elektromobilligining boshlanishini anglatadi va mamlakatda yashil transport vositalarining yangi davrini ochadi. Ushbu tashabbus doirasida yaqin kelajakda iste’molchilarning o‘sib borayotgan talabini qondirish maqsadida, raqobatbardosh narxlardagi yangi BYD elektromobillari O‘zbekiston bozoriga kirib keladi.

BYD ye2 405KM Luxe ilg‘or Tig‘li batareya (Blade Battery) bilan jihozlangan bo‘lib, CLTC sikli bo‘yicha bitta quvvatlashda 405 km masofani bosib o‘tadi. Ushbu xususiyat nafaqat yuqori unumdorlikni kafolatlaydi, balki haydovchilar uchun yangi ufqlarni ochadi – shahar ko‘chalaridan tortib O‘zbekistonning go‘zal manzarali uzoq yerlarigacha qiziqarli sayohatlarni amalga oshirishga imkon beradi.

Nafis qora rangda ishlangan avtomobilning ichki qismi hashamatlilik muhitini yaratadi. Sun’iy charmli o‘rindiqlar (405KM Luxe versiyasida) va zamonaviy kontrastli bezak elementlari ushbu ko‘rinishni yanada to‘ldiradi. Okean mavzusidan ilhomlangan yirik salon kenglik va erkinlik tuyg‘usini taqdim etadi.

Issiqlik nasosiga ega innovatsion iqlim nazorati tizimi ob-havo sharoitidan qat’i nazar, salondagi qulay haroratni saqlab, optimal energiya samaradorligini ta’minlaydi.

BYD ye2 taqdimotida mehmonlar aqlli elektromobil olamiga sho‘ng‘ib, innovatsiya va funksional boshqaruv haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirish uchun o‘zaro uyg‘unlashganlik muhitini his etdilar. Avtomobil yuqori samaradorlik va texnologik ustunlikni namoyon etuvchi 89% ta’sirchan FIK (Foydali ish koyeffitsiyenti)ga ega 8-ta-1 integratsiyalashgan ta’minot bloki bilan jihozlangan. ye2 ni ko‘p qirrali quvvat manbaiga aylantiruvchi V2L funksiyasi elektron qurilmalarni yo‘lda quvvatlash imkonini beradi. Bu esa elektromobilni faol dam olishni yoqtiruvchilar uchun ideal hamroh va kutilmagan vaziyatlarda bebaho yordamchiga aylantiradi.

BYD ye2 o‘zining texnologik yutuqlarini namoyon yetib, avtomobildan foydalanishda eng yuqori qulaylikni ta’minlashga qaratilgan integratsiyalashgan funksiyalar to‘plamini taqdim etmoqda. 4G masofadan boshqarish tizimi avtomobilni dunyoning deyarli istalgan nuqtasidan boshqarish imkoniyatini beradi. Qulay interfeys ham o‘zbek, ham rus tillarini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa avtomobilni keng auditoriya uchun tushunarli qiladi. Ovozli boshqaruv texnologiyasi yana bir qulaylik darajasini qo‘shib, haydovchiga uning e’tiborini to‘liq yo‘lga qaratish imkonini beradi.

Asosiy xarakteristikalar:

- CLTC sikli bo‘yicha zaxira: 405 km;

- 0 dan 50 km/soat tezlikkacha: 4,9 soniya;

- Elektromotorning maksimal aylanish lahzasi: 180 Nm;

- 8-v-1 kuch qurilmasining FIK: 89%;

- Zamonaviy sensorli ekranga ega intellektual interaktiv tizim;

- O‘zbek va rus tillaridagi interfeysni qo‘llab-quvvatlaydi;

- BYD ilovasi orqali 4G tarmog‘i va bulutli xizmatlar;

- Rus tilidagi yetakchi intellektual ovozli yordamchi;

- Smartfonlar uchun NFC;

- Electric care.

Zamonaviy BYD ye2 ning nafis chiziqlari va nozik siluet bilan bezatilgan estetikasi, avtomobil ko‘rinishiga jozibalilik va hamohanglik tuhfa yetadi.

O‘lchamlari: 4 260 mm x 1 760 mm x 1 530 mm (U x E x B)
G‘ildirak bazasi: 2 718 mm
Rang turlari: Kulrang, Oq

BYD ye2 Luxe’ning O‘zbekiston bozoriga rasmiy kirishi raqobatbardosh narx, sifatli xizmat ko‘rsatish tarmog‘i, keng qamrovli kafolat xizmatlari va mijozlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan bir qator afzalliklar bilan birga kelmoqda.

405KM Luxe - 236 600 000 so‘m

Mijozlar uchun afzalliklar:

- Bir yil davomida oyiga 2 GB bepul trafik
- Mobil internetdan umrbod bepul foydalanish.

7 kVt quvvatga ega bepul quvvatlash stansiyasi, shuningdek, boshqa qurilmalarni quvvatlantirish uchun avtomobilning elektr energiyasidan foydalanish imkonini beruvchi VtoL quvvatlash qurilmasi.

Kafolat:

- Butun avtomobil uchun 6 yil yoki 150 000 km
- kuch qurilmasi, akkumulyator batareyasi va elektron kontrollerlar uchun 8 yil yoki 150 000 km
- Turli auditoriyalar uchun shahar elektromobilligining yangi tanlovi.

Rasmiy ishonch telefoni: 1811
Veb-sayt: https://bydauto.uz
Instagram: bydauto.uz
Facebook: bydauto.uz
Telegram: https://t.me/bydautouz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring