Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chegara bilmas hamkorlik: «UzAuto Motors»ning mahaliy bozorda va chet elda dileri bo‘lishingiz mumkin!

Chegara bilmas hamkorlik: «UzAuto Motors»ning mahaliy bozorda va chet elda dileri bo‘lishingiz mumkin!

Foto: UzAuto

«UzAuto Motors» dilerlik tarmog‘ining mahalliy va xorijiy bozorlarda rivojlanishi davom etadi.

«O‘zavtosanoat» AJ O‘zbekiston hududida «UzAuto Motors» avtomobillarini sotish sohasida sheriklarni o‘zaro manfaatli hamkorlikka chorlaydi. Bu yo‘nalishdagi hamkorlik Chevrolet avtomobillarini sotish va ularga servis xizmatini ko‘rsatish borasida UzAuto Motors dilerlik tarmog‘iga kirish imkonini beradi.

Ichki bozorda sotuvlardan tashqari, dilerlarga eksport bozorlarida ham «RAVON» avtomobillarini sotish bo‘yicha o‘z dilerlik tarmog‘ini rivojlantirish imkoniyati taqdim etiladi.

«O‘zavtosanoat» AJ tomonidan eksport bo‘yicha sheriklarga sotuvlarni rivojlantirish, mahsulot logistikasi va uni UzAuto Motors avtomobillari eksporti amalga oshirilgan mamlakat hududida saqlashda ko‘mak beriladi. Bugungi kunda kompaniya kompaniya Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarus va Ukrainaga yengil atvomobillarni eksport qiladi.

Siz dunyoning istalgan mamlakatida dilerlik tarmog‘ini tashkil etishingiz mumkin.

Eksport bozorlarida dilerlik markazlarini tashkil qilarkansiz, Siz umumiy muvaffaqiyatga salmoqli hissa qo‘shasiz va bu orqali o‘z g‘oyalaringizni ro‘yobga chiqarib, iste’molchiga yuqori sifatli zamonaviy mahsulot taklif etgan bo‘lasiz.

Quyidagi kontaktlar orqali «O‘zavtosanoat» AJ mutaxassislari bilan hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish mumkin:

+998-78-140-7650 3 (2259#)
+ 998-93-410-0006

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring