Eng ko‘p sotilayotgan avtomobillar ma’lum bo‘ldi (top-10)
2024-yilning birinchi yarmida Tesla Model Y elektrokrossoveri dunyoda eng ko‘p sotilgan avtomobilga aylandi. Bu haqda «Avtostat» focus2move ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.
Olti oyda dunyoning 162 mamlakatida shu modeldagi elektromobillardan 581 mingtasi sotildi, bu Tesla Model Y ilk marta bestsellerga aylangan o‘tgan yilning shu davridagidan deyarli 2 foiz ko‘pdir.
Reytingda ikkinchi qatorni Toyota Corolla egalladi — 544 ming dona avtomobil (+5,7 foiz). Uchinchi — Toyota RAV4 (498 ming dona, +23,2 foiz).
Jahonda eng ko‘p sotilgan avtomobillar (top-10):
- Tesla Model Y — 581 mingta
- Toyota Corolla — 544 mingta
- Toyota RAV4 — 498 mingta
- Ford F-Series — 411 mingta
- Kia K5 — 373 mingta
- Honda CR-V — 362 mingta
- Chevrolet Silverado — 328 mingta
- Hyundai Tucson — 296 mingta
- Toyota Camry — 267 mingta
- Kia Sportage — 265 mingta
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter