Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura: «EQUINOX sotib olingan, TRAILBLAZER emas»

Bosh prokuratura: «EQUINOX sotib olingan, TRAILBLAZER emas»

«Zafarbek Solijonov» telegram kanalida Davlat xaridlari portalining ma’lumotiga asosan 2020-yil davomida Bosh prokuratura «UzAuto Motors»dan LACETTI, EQUINOX hamda TRAILBLAZER avtomashinalarini sotib olganligi haqida xabar tarqatilgandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati ushbu xabarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tufayli xarajatlar cheklovlari kiritilishiga qadar Bosh prokuratura tomonidan «UzAutoMotors» AJdan LACETTI hamda EQUINOX rusumli avtomashinalari sotib olingan. Biroq, TRAILBLAZER rusumli avtomashina xarid qilinmagan.

«EQUINOX rusumli avtomashinasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining roziligi bilan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qonun xujjatlari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari (yangi shtat birligi) xizmatda foydalanish uchun xarid qilingan.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xizmat avtomashinalari budjetdan tashqari jamg‘arma hisobidan xarid qilinganligi ma’lum qilinadi», deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring