Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 1 yilga uzaytirildi

«Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida to‘g‘risida»gi Hukumat qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi (690-son, 17.11.2021-y.).
Eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:
- 2010 yilgacha berilganlari – 2022-yil 31-martgacha;
- 2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-iyungacha;
- 2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2022-yil sentyabrgacha;
- 2015-yildan keyin berilganlari – 2022-yil 31-dekabrgacha.
Ilgari 2021-yil 31-dekabrgacha almashtirish majburiy edi.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter