Farg‘onada Xitoy elektromobillari ishlab chiqariladi
Xitoyning BAIC kompaniyasiga tegishli Arcfox elektromobillari tez orada Farg‘onada yig‘iladi.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va China Xiaou Group kompaniyasi vakili imzolagan kelishuvga ko‘ra, 3 bosqichda 1,5 mlrd. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoy investitsiyasi hisobiga Farg‘onada yirik avtomobilsozlik majmuasini barpo etiladi.
Loyihaning dastlabki bosqichida 50 mln. dollar investitsiya hisobiga yig‘ish, bo‘yash, sozlash liniyalarini yo‘lga qo‘yilib, yiliga 60 mingta elektr, gibrid va gazga moslashgan motorli avtomobillar hamda maxsus transport vositalari yig‘iladi. Ikkinchi bosqichda 350 mln. dollar va uchinchi bosqichda 1,1 mlrd. dollar investitsiya yo‘naltirilib, butlovchi qismlarning ko‘pi mahalliylashtirilishi hamda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning soni 110 mingtaga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Loyiha 5 yil davomida to‘la yakunlanishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter