Farg‘onalik tadbirkor «mashinalar ishlab chiqarmoqda» (foto)

Illyustrativ surat
Buvayda tumanida yashovchi yog‘och o‘ymakori Baxtiyor usta Imomov yog‘ochdan turli rusumdagi avtomashinalar yasagan. Bu haqda bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev «o‘ta shaxsiy kanali»da xabar bergan.
Uning yozishicha, mayda detallarigacha bitta mashina yasashga 15 kundan 1 oygacha vaqt ketadi. Shuningdek, bu tadbirkor nafaqat «mashinalar»ni sotishdan, balki ularni yasash jarayonini tasvirga olib, videosini ijtimoiy tarmoqlarga joylab ham daromad topadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter