«Fiat Chrysler» va «Peugeot» birlashadi — dunyodagi to‘rtinchi yirik avtomobilsoz paydo bo‘ladi

AQSh-Italiya hamkorligidagi «Fiat Chrysler Automobiles NV» (FCA) va Fransiyaning «PSA Group» aksiyadorlari kecha, dushanba kuni kompaniyalarning birlashishini ma’qulladi, natijada jahondagi to‘rtinchi yirik avtomobilsoz paydo bo‘lmoqda, xabar berdi «Bloomberg».
«MarketWatch» xabariga ko‘ra, «PSA Group» aksiyadorlarining 99,85 foizi birlashishni ma’qullagan. Bitim rasmiylashtirilishi mart oyi oxiriga qadar yakuniga yetadi.
Birlashgan kompaniya — «Stellantis» o‘z sohasida «Volkswagen», «Renault-Nissan» va «Toyota Motor»dan keyingi dunyodagi to‘rtinchi yirik ishlab chiqaruvchiga aylanadi.
«Stellantis» kompaniyasi «Jeep», «Fiat», «Dodge», «Maserati», «Peugeot», «Citroen» va «Opel» rusumli avtomobillar ishlab chiqaradi.
Birlashgan kompaniyaga PSA bosh ijrochi direktori Karlos Tavares rahbar bo‘lishi kutilmoqda.
Dushanba kuni Parij birjasida «Peugeot SA» aksiyalari 3,4 foizga, Milan birjasida «Fiat Chrysler Automobiles NV» aksiyalari 3 foizga qimmatlashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter