«Formula-1» yulduzining noyob mashinasi sotuvga qo‘yildi (foto)

2004-yilda chiqarilgan Ferrari Enzo superkari Buyuk Britaniyada sotuvga qo‘yildi. Noyob avtomobil sotuvidan 3,95 mln funt sterling ($4,8 mln) ishlash mo‘ljallangan, deya xabar berdi Autoevolution sayti.

Ushbu Ferrari Enzo «Formula-1» yetakchi poygachilaridan biri Jenson Battonga tegishli bo‘lgan. Poygachi 2009-yilda chempionligini shu mashinani sotib olish bilan nishonlagandi. 2010-yilda esa mashinani sotib yuborgan.
Jenson Batton sport mashinalari to‘plashga ishqiboz, uning garajida Bugatti Veyron va McLaren P1 hamon saqlanmoqda. Ammo Enzosi borligini sir tutgan, chunki poygachi hech qachon Ferrari jamoasi a’zosi bo‘lmagan.
Ferrari Enzo ajoyib saqlangan. Atigi 1 837 km yo‘l bosgan.

Ferrari Enzo juda yuqori narxlanishiga sabab — juda kamyob model. Bunaqa kupelardan atigi 400 tasi chiqarilgan, uni tayyorlashda «Formula-1» yulduzi Mixael Shumaxer shaxsan qatnashgan.

Ferrari Enzo superkariga yuqori aylanma tezlikli 6,0 litrli 600 ot kuchiga ega V12 motori o‘rnatilgan. U 3,4 soniyada 100 km/soat tezlik olish imkonini beradi, maksimal tezligi — 350 km/soat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter