Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Gaz-zapravka»lar qachon ochilishi ma’lum qilindi

«Gaz-zapravka»lar qachon ochilishi ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim «gaz-zapravka»larda tanish-bilishchilik qilinayotgani hamda ayrim avtotransportlarga metan gaz to‘ldirilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

«O‘ztransgaz» ma’lum qiligicha, keyingi kunlarda O‘zbekiston hududida ob-havo haroratining keskin pasayishi natijasida tabiiy gazning iste’mol hajmi keskin oshib borishi kuzatilgan.

«Bunday holatda aholi, ijtimoiy ahamiyatga molik ob’yektlar va qozonxonalarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida respublikadagi mulkchilik shaklidan qat’i nazar har qanday ulgurji iste’molchilar, xususan, AGTKShlarga tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Ammo, har bir viloyat hokimliklari bilan kelishilgan holda, ayrim AGTKShlar kunning ma’lum vaqtida 1 soatdan 3 soatgacha oraliqda uy-joy mulkdorlari shirkatlari, elektr ta’minoti korxonalari, obodonlashtirish boshqarmalari, aholiga propan to‘ldirilgan gaz balonlar yetkazib beruvchi tashkilotlarning avtotransport vositalariga xizmat ko‘rsatmoqda.

Ob-havo harorati ko‘tarilib, qulay sharoit paydo bo‘lgach, respublikadagi barcha AGTKShlar odatdagi ish tartibida ishlay boshlashini ma’lum qilamiz», deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati qisqa muddatga vaqtincha to‘xtatilgani e’lon qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring