GM elektromobillar ishlab chiqarishga $3 milliarddan ziyod sarmoya kiritadi

Amerikaning «General Motors» (GM) kompaniyasi Michiganda elektromobillar ishlab chiqarishga $3 mlrd.dan ziyod sarmoya kiritishi haqida «The Wall Street Journal» xabar berdi.
GM shtatda elektrokarlar ishlab chiqarish uchun ikkita loyiha tayyorlagan. Birinchi loyiha doirasida GM Detroyt yaqinidagi Orion Assembly zavodini qayta jihozlaydi, bu yer elektrda harakatlanuvchi pikaplar ishlab chiqariluvchi markazga aylantiriladi.
Lensingdagi yig‘uv korxonasi yonida GM qo‘shma korxonasi va «LG Energy Solutions» hamkorligida batareya elementlari ishlab chiqaruvchi zavod quriladi.
Har ikki loyiha $2 mlrd.dan moliyalashtirishi kutilmoqda.
GM soliq imtiyozlari va qurilishga ruxsat olish uchun mahalliy hukumat bilan muzokaralar olib boryapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter