Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» «Tracker Premier AT» avtomobiliga bayramona chegirma e’lon qildi

«GM Uzbekistan» «Tracker Premier AT» avtomobiliga bayramona chegirma e’lon qildi

Foto:«OLX.uz»

«GM Uzbekistan» kompaniyasi Xotira va qadrlash kuni hamda muqaddas Ramazon oyi  munosabati bilan «Tracker Premier AT» avtomobiliga 16 million so‘m miqdorida bayramona chegirma e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Aksiya 8 maydan e’tiboran respublikamizning barcha avtosalonlarida 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilgan avtomobillar uchun joriy yilning 5-iyuniga qadar amal qiladi.

«Tracker» modelini shuningdek, 128 mln so‘m dastlabki to‘lovni amalga oshirgan holda 2 yil foizsiz muddatli to‘lovga ham xarid qilishingiz mumkin.

Mazkur chegirma aksiyasi muddatli to‘lovga xarid qilinayotgan avtomobillarga amal qilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring