Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyada haydovchisiz avtobus yo‘nalishga qo‘yildi (video)

Ispaniyada haydovchisiz avtobus yo‘nalishga qo‘yildi (video)

Skrinshot

Yevropada birinchi bo‘lib, Ispaniyaning Malaga shahrida haydovchisiz avtobus yo‘nalishga qo‘yildi. Hozircha, qonun cheklovi bois, avtobusda haydovchi ham bor, biroq u mashina boshqaruvini shunchaki kuzatadi, xolos.

Uzatgich va kameralar o‘rnatilgan avtobus Malaga markazi va portni bog‘lovchi 8 kilometrlik yo‘nalishga qo‘yilgan. Kuniga oltita reys amalga oshirilyapti.

Qizil va yashil chiroqlar signallarini avtobus svetoforga o‘rnatilgan maxsus uzatgichlardan qabul qiladi. Avtobus, yozilgan axborot bilan birga, sun’iy intellekt vositasida boshqariladi.

12 metr uzunlikda transport vositasi boshqa avtobuslardan deyarli farq qilmaydi, 60 yo‘lovchini sig‘diradi. Ishlab chiqaruvchi — Ispaniyaning «Iriza» kompaniyasi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring