Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«It kallasi mashinaga yopishtirilgan» holat oydinlashdi

«It kallasi mashinaga yopishtirilgan» holat oydinlashdi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda «Sirdaryoda «Jiguli» haydovchisi itini o‘ldirib, kallasini mashinaga yopishtirib, aylanib yurgani aytildi» mazmunida foto-xabar tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari avtomashina haydovchisi aniqlanib holatga oydinlik kiritildi.

Avtomashina haydovchisi Guliston shahrida yashovchi 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro A.A joriy yilning 28-noyabr kuni o‘ziga qarashli fermadan yashash xonadoniga itini olib ketish maqsadida avtomashinasini yukxonasiga joylab olib ketayotgan vaqtda iti avtomashina yoqilg‘i quyish baki qopqog‘idan boshini chiqarib olgan holatida ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan suratga olinib, noto‘g‘ri talqin qilinib tarqatilgani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Holat yuzasidan mas’ul xodimlar tomonidan haydovchiga profilaktik tushuntirishlar berilib, xavfsizlik qoidalariga amal qilishlik yuzasidan ogohlantirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring