Jahonda qancha elektromobil bor? (infografika)

So‘nggi 10 yil davomida dunyo mamlakatlari yo‘llarida yurgan elektromobillar soni deyarli nuldan boshlanib 10,2 milliontaga yetdi. «Statista» shu mavzuda infografikasini taqdim etdi.
Garchi o‘tgan yili elektrokarlar bozorida birinchi marta Yevropa yetakchilikka chiqqan bo‘lsa-da, bu turdagi mashinalarning qariyb yarmini (4,5 mln.) xitoyliklar minib yurishibdi.
Hozircha elektromobillar va gibridlarning dunyo yengil mashinalar savdosidagi ulushi atigi 4,6 foizni tashkil etadi.
Umuman olganda, o‘tgan yili jahon avtomobilsozlik sanoati umumiy hajmi 16 foizga qisqardi, biroq elektromobillarga talab yildan-yilga oshmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter