Keles ko‘prigi vaqtinchalik yopilmoqda

Keles yo‘li ko‘chasi hamda Yuqori Ko‘kterak ko‘chalarini bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgich (ko‘prik) sun’iy inshootida bugun, 2021-yil 29-oktyabr kuni tungi soat 00:00dan ta’mirlash ishlari yakunlangunga qadar transport vositalari harakati vaqtinchalik to‘liq to‘xtatiladi.
Ushbu yo‘nalishda harakatlanadigan avtomototransport vositalarining harakati vaqtinchalik tumanning Hasanboy qishlog‘i hududidan o‘tgan 4N-699 avtomobil yo‘li (suratda ko‘k rangda) orqali tashkil etilishi ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter