Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Cobalt uchun shartnomalar tarqatib bo‘lindi» — UzAuto Motors

«Cobalt uchun shartnomalar tarqatib bo‘lindi» — UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniyasi axborot xizmati ma’lum qilishicha, 26 dekabr kuni Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun jami 98.3 mingdan ortiq shartnomalar tuzilgan. Ularning 95 foizi Cobalt avtomobiliga to‘g‘ri keladi.

Shu bilan, Cobalt avtomobillarining kontraktatsiyasi tugatilgan. Ayni paytda «UzavtoSavdo» onlayn-savdo tizimi orqali «Damas» va «Labo» avtomobillariga  shartnoma tuzish imkoniyati mavjud.

Eslatib o‘tamiz, 22 dekabr soat 12:00 da ommabop avtomobillarning 2024 yilgi butun ishlab chiqarish rejasi uchun onlayn kontraktatsiya boshlanishi haqida ma’lum qilingandi. Ammo dastlabki kunda muammolar yuzaga kelgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring