Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab bolalarini bosib ketishiga bir bahya qolgan haydovchiga chora ko‘rildi

Maktab bolalarini bosib ketishiga bir bahya qolgan haydovchiga chora ko‘rildi

Videodan lavha

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahrida yuz bergan holat tasvirlangan video tarqaldi.

Unda aks etishicha, davlat raqami 50 L 200 MA bo‘lgan «Lasetti» haydovchisi svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga e’tibor ham bermay, harakatni davom ettiradi va yo‘lni kesib o‘tayotgan maktab o‘quvchilarini urib yuborishiga bir bahya qoladi.

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berishicha, ushbu qoidabuzar — «Lasetti» haydovchisiga nisbatan BHMning 10 baravari miqdorida jarima jazosi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring