Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UzAuto Motors»: «Malibu 2»ni sotish bo‘yicha arizalar to‘xtatilmagan»

«UzAuto Motors»: «Malibu 2»ni sotish bo‘yicha arizalar to‘xtatilmagan»

Foto: «UzAuto Motors»

«UzAuto Motors» 2022-yilning 22-fevral kunidan «Malibu 2» avtomobilini sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilishni to‘xtatgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Ushbu xabar deyarli barcha elektron OAVlarda va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib bo‘lganidan so‘ng, «UzAuto Motors» rasmiy munosabatini bildirdi

«Bugun internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan Chevrolet Malibu avtomobili uchun kontraktatsiyaning to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi xabarlar yuzasidan UzAuto Motors AJ kompaniyasi Chevrolet Malibu avtomobili uchun kontraktatsiya o‘zgarmagan holda o‘sha sizga ma’lum avvalgi narx bilan tuzilishda davom ettirilishini rasman ma’lum qiladi.

OAVdan shubhali manbalarga tayanmasliklarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring