Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ma’muriy jarimalarni 3 kun davomida onlayn to‘lash imkoni bo‘lmaydi

Ma’muriy jarimalarni 3 kun davomida onlayn to‘lash imkoni bo‘lmaydi

Foto: «Xabar.uz»

Uch kun davomida banklar va mobil ilovalar orqali ma’muriy jarimalarni to‘lash imkoni bo‘lmaydi.

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lum qilishicha, dyhxx.ejarima.uz tizimini modernizatsiya qilish va takomillashtirish ishlari amalga oshirilishi sababli tizim 2021-yil 7-aprel kuni soat 22:00dan 11-aprel kuni soat 16:00ga qadar vaqtincha ishlamaydi.

Qayd etilishicha, texnik ishlar vaqtida — joriy yilning 9-11-aprel kunlari Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring (MUNIS) tizimi orqali “0210-MVD oplata shtrafov” xizmatlar yetkazib beruvchisiga ma’muriy huquqbuzarliklar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan jarima to‘lovlari qabul qilinmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring