Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marhum qirolichaning haydovchilik guvohnomasi sotiladi

Marhum qirolichaning haydovchilik guvohnomasi sotiladi

Royalty Fine Art & Antiques kimoshdi savdosida (8-9-noyabr) marhum qirolicha Yelizaveta II ning ko‘plab shaxsiy narsalari sotilmoqda. Ular orasida noyob suratlar hamda bo‘lg‘usi qirolichaga Ayollar yordamchi hududiy korpusida xizmat qilgan payti berilgan vaqtinchalik haydovchilik guvohnomasi ham bor. 

1945-yilda berilgan haydovchilik guvohnomasida Yelizavetaning imzosi bor.

Qirolichaning haydovchilik guvohnomasi boshlang‘ich narxi — 2 000 funt sterling (2,3 ming AQSh dollari) atrofida.

Reeman Dansie Auctions ijrochi direktori Jeyms Grinter kimoshdi savdolari qizg‘in o‘tishini kutmoqda. Uning fikricha, eng qiziqish katta lot aynan Yelizavetaning avtomaktabda o‘qigani haqidagi guvohnoma. Bu qirolicha hayotidagi yagona shaxsiy hujjat. Qirolichaning pasporti bo‘lmagan, mashinani esa «prava»siz boshqargan, chunki Britaniyada bu hujjatlar hukmdor nomidan beriladi. Monarx o‘ziga o‘zi bu hujjatlarni taqdim etishi mumkin emas.

Noyabr oyi oxirida, shuningdek, Yelizaveta II ning sevimli mashinalaridan biri — Jaguar X-Type Estate sotuvga qo‘yilishi kutilmoqda. 2009-yilda chiqarilgan bu avtomobilga 3 litr sig‘imli V6 benzinli dvigateli o‘rnatilgan.

Yaqinda qirol Charlz III onasidan qolgan zotdor 14 ta otni sotib yuborgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring