«Metan zapravkalarni joriy yilda yana yopish rejasi yo‘q» – Energetika vaziri
Bugun, 1-fevraldan e’tiboran metan «zapravka»lari ishga tushayotgani haqida xabar berilgan edi. Xabar.uz muxbiri tomonidan ma’lum qilinishicha, energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ushbu masalaga izoh berib o‘tdi.
— Metan «zapravka»larni 30-yanvardan ishga tushira boshlaganmiz. Eng avvalo jamoat transporti va boshqa ijtimoiy soha transport vositalari uchun «zapravka»lar ochilgan edi. Bugundan e’tiboran, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan boshlab, aholi transporti uchun ham bosqichma-bosqich metan «zapravka»lar ishlay boshladi.
— Joriy yilda metan «zapravka»lari boshqa yopilmaydimi?
— Ayni vaqtda bunday reja yo‘q. Quvurlardagi bosim tiklangan va «zapravka»larga gaz yetkazib berish uchun imkoniyat bor. Ba’zi vaziyatlarda ob-havo bilan bog‘liq holatlar tufayli cheklashlar bo‘lmasa, metan «zapravka»larni to‘liq yopishni rejalashtirmayapmiz, — dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter