Mustaqil boshqaruv texnologiyasi bilan jihozlangan mashina maxsus namoyish vaqtida YTHga uchradi (video)

«Phantom AI» mustaqil boshqaruv texnologiyasi bilan jihozlangan «Hyundai Genesis» avtomobili YTHga uchradi
«TechCrunch» nashri jurnalistlari «Phantom AI» mustaqil boshqaruv texnologiyasi bilan jihozlangan «Hyundai Genesis» avtomobilida harakatlanish chog‘ida yo‘l-transport hodisasiga uchradi, deb xabar berdi «TJournal».
Jurnalistlarning aytishicha, texnologiya namoyishi paytida yo‘lda oldinroqda ketayotgan mashinalarning biridan yaxshi mahkamlanmagan chiqindi idishi tushib ketgan. Haydovchisiz avtomobil oldida ketayotgan «Nissan Rogue» to‘siqqa urilib ketmaslik uchun darhol to‘xtashga uringan. «Hyundai Genesis» avtosi to‘satdan yuzaga kelgan bu vaziyatda to‘qnashuvdan qocha olmagan va taxminan 30 km/soat tezlikda «Nissan»ga urilgan.
Nashrning uch nafar xodimi bilan birga, avtomobilda «Phantom AI» jamoasining ikki a’zosi: kompaniyaning asoschisi va bosh direktori Xyungi Cho hamda prezident va ta’sischi Chan Kyu Li bo‘lgan. Li sinov vaqtida rulda bo‘lgan.
YTHda hech kim jabrlanmagan. «Hyundai Genesis» kuzovining old tomoniga shikast yetgan. Choning ma’lum qilishicha, avtomobilga avtomatik avariya tormozlanish tizimi o‘rnatilgan, biroq ba’zi kamchiliklari borligi va sinovdan o‘tayotgani sababli bu safar u o‘chirilgan bo‘lgan. Qo‘l tormozi esa tezlikni biroz kamaytirishga yordam bergan, biroq to‘qnashuvning oldini olishning iloji bo‘lmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter