Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda chiqariladigan avtomobillar narxi ma’lum qilindi

Navoiyda chiqariladigan avtomobillar narxi ma’lum qilindi

Navoiy viloyatidagi erkin iqtisodiy hududda «Navoiy – motors» qo‘shma korxonasi barpo etilishi haqida xabar berilgandi.

Umumiy qiymati 12 million AQSh dollariga teng bo‘lgan «Navoiy – motors» O‘zbekiston-Avstriya qo‘shma korxonasi yurtimiz avtomobilsozlik sanoatida yangi imkoniyatlar yaratishni hamda yangi davrni boshlab berishni maqsad qilgan, deyiladi «Navoiy Today» xabarida.

Xitoy davlatining «Oshan» brendi ostida ishlab chiqariladigan avtomobillarni endilikda shu yerning o‘zida yig‘ish va ichki bozorga chiqarish rejalashtirilmoqda.

– Ayni paytda zavod qurish ishlari jadal davom etmoqda. Yil yakuniga qadar mazkur ishlar to‘liq yakunlanib, avtmobillar yig‘ish va sotish ishlarini ham boshlab yuborish ko‘zda tutilgan. Avtomobillar narxi taxminan 13 ming AQSh dollaridan 30 ming AQSh dollarigacha bo‘lishi kutilmoqda, – deydi korxona rahbari Sherzod Mo‘minov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring