O‘zbekiston import qilayotgan har ikkinchi mashina — elektromobil

O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati 325,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 18 387 dona yengil avtomobil import qilindi, deyiladi milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotida.
Ularning 9 789 tasi elektromobillardir.
O‘zbekistonga 2025-yilning 5 oyida eng ko‘p yengil avtomobil yetkazib bergan mamlakatlar:
- Xitoy — 15 873 ta
- Janubiy Koreya — 1 882 ta
- Hindiston — 168 ta
- Yaponiya — 122 ta
- AQSh — 82 ta
- Boshqa davlatlar — 260 ta.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter