Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga «inomarka» olib kirish ikki baravarga ko‘paydi

O‘zbekistonga «inomarka» olib kirish ikki baravarga ko‘paydi

2022-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 320,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 13,6 mingta yengil avtomobil import qilgan.

Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi. 

Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,9 mingtaga yoki qariyb 2 baravarga oshgan.

Statqo‘m bergan avvalgi ma’lumotlarga ko‘ra, mart oyida 2560 ta, aprelda 3509 ta mashina import qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring