«O‘zbekneftgaz» 15-sentyabrdan benzin narxini arzonlashtirdi

«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi o‘zining UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida sotilayotgan Ai-92 markali benzin narxini arzonlashtirmoqda. Narxlar bozor munosabatlaridan kelib chiqib shakllantiriladi.
Xabar berilishicha, 15-sentyabr kunidan boshlab AYoQShlardagi import qilingan Ai-92 markali benzinning narxi 6000 so‘mdan 5500 so‘mga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning Ai-92 markali benzinining narxi esa 5800 so‘mdan 5500 so‘mga arzonlashtiriladi.
«Bundan keyin ham korxona tomonidan neft mahsulotlarining iste’molchilarga sotish narxlarini bozor munosabatlariga to‘liq tayanib shakllantirib boriladi, ularning tannarxi tushganda narxlar albatta arzonlashadi», — deya ma’lum qildi UNG Petro direktori Mirzohid Musayev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter